Muxamedov Baxrambek Ilamanovich

Muxamedov Baxrambek Ilamanovich, t.f.d. dots.nt
1969 yil Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan.1993 yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 1993–1995 yillarda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutida “Teri va tanosil kasalliklari” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturadan o‘tgan.1995–2002 yillarda II-Toshkent davlat tibbiyot instituti Teri va tanosil kasalliklari kafedrasida assistent, 2002–2006 yillarda I-Toshkent davlat tibbiyot instituti Teri va tanosil kasalliklari kafedrasida dots.nt lavozimida faoliyat yuritgan.2013–2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika teri-tanosil klinik shifoxonasida statsionar bo‘lim mudiri, 2017–2021 yillarda mazkur shifoxonada davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.2020–2021 yillarda Toshkent davlat stomatologiya institutining terapevtik yo‘nalishdagi fanlar №4 kafedrasida dots.nt, 2021–2025 yillarda ushbu kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.1999 yilda professor Kapkayev R.A. rahbarligida “14.00.11 — Dermatologiya va venerologiya” mutaxassisligi bo‘yicha “Sifilisning erta shakllarini ekstensillin bilan ambulator davolash samaradorligini kompleks baholash (klinik-epidemiologik, ayrim immunologik va farmakokinetik ko‘rsatkichlar)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini (PhD) himoya qilgan. 2025 yilda tibbiyot fanlari bo‘yicha “14.00.33 — Jamoat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment” hamda “14.00.11 — Dermatologiya va venerologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha “Surunkali virusli V va S gepatitlari bilan og‘rigan bemorlarda jigardan tashqari dermatologik patologiyaning epidemiologiyasi, klinik jihatlari va profilaktikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini (DSc) himoya qilgan. 2025 yil avgust oyidan Toshkent davlat tibbiyot unversiteti 2-son dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi dots.nti lavozimida ishlab kelmoqda.