Malikova Nilufar Nusratullayevna

Malikova Nilufar Nusratullayevna, t.f.n. dots.nt
1986 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yil 1- Toshkent davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. 2010-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasini “Umumiy amaliyot shifokori” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.2010–2013-yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Dermatovenerologiya kafedrasida magistraturada tahsil olgan.
2014-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Tibbiy kosmetologiya” mutaxassisligi bo‘yicha ixtisoslikdan o‘tgan.2013-yildan hozirgi kungacha Respublika teri-tanosil klinik kasalxonasida dermatovenerolog shifokor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.2020-yilda tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.2020-2025 yillar Toshkent davlat stomatologiya instituti 4-son terapevtik yo‘nalishdagi fanlar kafedrasi dots.nti,2023–2025-yillarda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida doktoranturada tahsil olgan. Hozirgi kunda tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori dissertatsiyasi himoya bosqichlarida. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi jumladan 2 ta ixtiro, 40 ta maqola, 1 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 4ta uslubiy tavsiyanomalar, 2 ta EHM dastur. ISD (International Sociaty of Dermatology, USA), EADV (European Academy of Dermatology and Venereology) halqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi.