Ibragimova Nargiza Sayfutdinovna

Ibragimova Nargiza Sayfutdinovna, t.f.n. dots.nt
1979 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003-yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan, 2006-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida dermatovenerologiya magistraturasini imtiyozli diplom bilan tugatgan.150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan xorijiy maqolalar, monografiya, darslik va metodik qo‘llanmalar. Milliy va xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashgan. Abu Ali Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi sohibi. 2018-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan: “Komorbid patologiyalar sharoitida teri qichishishining kliniko-patogenetik xususiyatlari, davolash va profilaktikasi”. 2022-yilda dots.nt ilmiy unvoni berilgan. Toshkent va Toshkent viloyati dermatovenerologlar jamiyati, O‘zbekiston dermatoonkopatologlar, dermatoskopistlar va kosmetologlar assotsiatsiyasi, xalqaro dermatologlar jamiyati va EADV a’zosi. 2025 yil avgust oyidan Toshkent davlat tibbiyot unversiteti 2-son dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi dots.nti lavozimida ishlab kelmoqda.