
Nurmatov Ulug‘bek Bahodirovich, t.f.n. dots.nt
1973 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini (kunduzgi) tamomlagan. Mutaxassisligi – davolash ishi, vrach. Ilmiy darajasi – tibbiyot fanlari nomzodi, ilmiy unvoni – dots.nt. Nurmatov U.B. 1990–1997 yillarda I-Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti talabasi. 1997–1998 yillar — Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri, vrach-intern; 1998–1999 yillar — Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti, laborant; 1999–2001 yillar — Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti, klinik ordinator; 2001–2017 yillar — Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tekshirish markazi, ilmiy xodim; 2017–2019 yillar — Farg‘ona viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserida bosh vrach; 2019-2020 yiliar — Toshkent shahar 3-tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri, vrach-Dermatovenerolog; 2020 yildan — Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti, Dermatovenerologiya va Kosmetologiya kafedrasida dots.nt lavozimida ishlagan. 31 oktabr 2024 yilda dots.nt unvoni berildi. 2025 yil avgust oyidan Toshkent davlat tibbiyot unversiteti 2-son dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi dots.nti lavozimida ishlab kelmoqda.
