Daminova Shaxnoza Badriddinovna

Daminova Shaxnoza Badriddinovna 2014 yildan boshlab Stomatologik kasalliklar profilaktikasi kafedradasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (kafedrada 18 yildan beri faoliyat olib bormoqda). Daminova Shaxnoza Badriddinovna 1972 yilda tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Nomzodlik dissertatsiyasini 2002 yilda 14.00.21- stomatologiya ixtisosligi bo‘yicha “Obosnovanie profilaktiki kariesa zubov u detey v zavisimosti ot urovnya karies rezistentnosti” mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  2018 yilda 14.00.21- stomatologiya ixtisosligi bo‘yicha “Prognozirovanie, lechenie i profilaktika stomatologicheskix zabolevaniy u detey s xronicheskim gepatitom V”  mavzusida tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning rahbarligida kafedrada “Tish, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini davolashning yangi usullarini ishlab chiqish va tadbiq etish” kabi yetakchi mavzular asosida ilmiy-tekshirish ishlarini olib boradi. Daminova Sh.B. rahbarligida 2 ta doktorlik ilmiy ishi himoyalangan, 4 ta magistr va 6 ta klinik ordinatorlarga rahbarlik qilgan. 6 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 6 dan ortiq o‘quv uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 60 dan ziyod tezislar va 2 ta patent muallifi. Daminova Sh.B. rahbarligida 2017 yildan boshlab KOLGAYT kompaniyasi ko‘magida Toshkent shahri va  Toshkent viloyatining o‘rta ta’lim maktablarida «Bir umrga yorkin tabassum» shiori ostida xalqaro bolalar dasturi ish boshladi. Har yili kafedra professor-o‘qituvchilari, shuningdek, 3-4 kurs talabalari, magistr va klinik ordinatorlar ushbu dasturda faol ishtirok etib bolalarni yoshlik davrdan boshlab og‘iz bo‘shlig‘ini to‘g‘ri parvarish qilish borasida mustahkam ko‘nikma hosil kilishda yordam berib  kelishmoqda. Daminova Shaxnoza Badriddinovna TDTU Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarning, TDTU muammolar kengashining, TDSI Institut Kengashining a’zosi, hamda Bolalar stomatologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha vrach stomatologlarga toifa berish komissiyasi azosi lavozimida faoliyat olib boradi.