Raxmatullaeva Dilnoza Utkurovna  

Raxmatullaeva Dilnoza Utkurovna  tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 2009 yilda 14.00.21- stomatologiya ixtisosligi bo‘yicha “Ko‘p bolali oilalardagi maktabgacha yoshdagi bolalarda tish kariesining birlamchi profilaktikasini asoslash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  Raxmatullaeva D.U. tomonidan  70 dan ziyod ilmiy makolalar, 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ziyod tezislar, 1ta patent va 10 dan ziyod o‘quv uslubiy qo‘llanmalar  chop etilgan.  Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyasiga va   klinik ordinatorlariga rahbarlik qilib kelmoqda. Stomatologik kasalliklar profilaktikasi kafedrasida o‘quv ishlariga javobgarlik vazifasini olib bormoqda.    TDTU 2-son stomatologiya fakulteti kotibasi sifatida faoliyat olib boradi.